Bugungi kunda aholi muammolarini hal etish, ular bilan tizimli ishlarni reja asosida belgilab olib amalga oshirish bo'yicha Bandixon tumani hokimi tomonidan amaliy ishlar boshlab yuborilgan.
Tuman hokimi hududlarni o'rganar ekan, aholi bilan uchrashib ularni qiynab kelayotgan mavjud muammolari o'rganilmoqda.
Navbatdagi manzil borib o'rganilganda "Navro'z" mahallasi hududida joylashgan KSPS-293/100 transformatrning ichi ochiq holatda ekanligi, xavfsizlik talablariga umuman javob bermasligi tuman hokimining jiddiy e'tiroziga sabab bo'ldi. Ushbu muammoni zudlik bilan hal etish yuzasidan tegishli ma'sullarga topshiriqlar berildi.
Shuningdek, 4 R- 104 avtomobil yo'lidan kesib o'tgan ushbu mahallada gaz quvuri mutlaqo notog'ri joylashtirilganligini tuman hokimi tanqid qilib mazkur muammoni ham hal etish bo'yicha tegishli rahbarlarga jiddiy topshiriq berilib, ijrosi nazoratga olindi.
Bandixon tumani hokimligi axborot xizmati
? https://t.me/bandixon_axborotxizmati_rahbari
0 izox