|

"Yashil makon" ummilliy loyihasi doirasida "Prokuratura bog'i" yaratilmoqda


Davlatimiz rahbari raisligida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan o'tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlari ijrosini ta'minlash maqsadida Bandixon tumanida ham daraxt ekish ishlari uyushqoqlik bilan amalga oshirilmoqda.


"Yashil makon" ummilliy loyihasi doirasida Bandixon tumani prokurori Bobur Toshpulatov boshchiligida tumanning "Navro'z" mahallasi hududidan 1 gektar yer maydoniga "Prokuratura bog'i" tashkil qilinmoqda. Ushbu yer maydoni shudgorlanib, tekislandi. Bugun tuman prokuraturasi xodimlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, mahalla faollari, hamda obodonlashtirish boshqarmasining fidoyi xodimlari tomonidan iqlimimizga mos manzarali va mevali daraxt ko'chatlari ekilib boshlandi.

Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati

0 izox