Bugun Bandixon tuman prokurori o'rinbosari D.Axmedov, tuman IIB voyaga yetmaganlar va yoshlar o'rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etish guruhi katta inspektori kapitan O.Xurramov tomonidan profilaktik hisobda turgan voyaga yetmagan yoshlarga tuman IIB binosida tashkil etilgan vatanparvarlik va ma'naviyat burchagi hamda kutubxona faoliyati tanishtirildi. Voyaga yetmagan yoshlarga bo'sh vaqtlarida ko'proq kitob o'qish, sport bilan shug'ullanish va sog'lom turmush tarziga amal qilishlari zarurligi tushuntirildi. Shuningdek, voyaga yetmagan yoshlarga jinoyat sodir etishning salbiy oqibatlari haqida tushuntirishlar berildi.
Bizni kuzatishda davom eting!
Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati
0 izox