Inson manfaatlarini ta`minlash uchun avvalo, odamlar bilan, xalq bilan muloqot qilish, ularning hayotiy muammo va ehtiyojlarini yaxshi bilish alohida ahamiyat kasb etadi. Shu maqsadda sektor hududidagi 7 ta mahallada reja-grafik asosida sayyor qabullar tashkil etilmoqda. Bugun tuman hokimi, 1-sektor rahbari Abdumalik Allamuradovning sektor hududidagi Polvontosh mahallasida joylashgan 7-sonli umumta’lim maktabida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Bandixon tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri X.Xolmurodovlar hamda tegishli mas'ul tashkilotlar ishtirokida navbatdagi "Sayyor qabuli" bo'lib o'tdi.
Bugungi qabul davomida fuqarolar asosan yo’llarni toshlash, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish, elektr tayanch ustunlar o’rnatish, kredit olish, subsidiya asosida uy-joy olish hamda boshqa masalalarda tuman hokimiga murojaat qilishdi. Qabulda jami 18 nafardan ortiq fuqarolar qatnashib, 7 ta fuqarolardan 8 ta murojaat kelib tushgan bo‘lsa, shundan 3 ta murojaat joyida ijobiy hal etildi. Qolgan 5 ta murojaatlar yechimi tuman hokimi tomonidan nazoratga olinib, ma’lum vaqt talab etadigan masalalar aniq ijro muddati bilan mas’ullarga yo‘naltirildi hamda batafsil o‘rganib chiqish va hal etish bo‘yicha vazifalar yuklatildi.
Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati
0 izox