O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligini keng nishonlash maqsadida Bandixon tumanida qator tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Kuni kecha navbatdagi tadbir Bandixon tumani Ichki ishlar bo‘limida bo‘lib o‘tdi. Unda 2008-yil 8-dekabr kuni tug‘ilgan yoshlarga Ichki ishlar bo‘limi Fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi xodimlari tomonidan fuqarolik ID-kartalari tantanali ravishda topshirildi.
Mazkur tadbir yoshlar uchun esda qolarli bo‘lib, ularga Konstitutsiyaning ahamiyati hamda fuqarolik burchlari haqida tushunchalar berildi. Tuman bo‘ylab Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tadbirlari davom etmoqda.
Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati
0 izox