|
Bandixon tumanida  “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik” shiori ostida tadbir tashkil etildi

Bandixon tumanida “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik” shiori ostida tadbir tashkil etildi

1999-yil BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 25-noyabr "Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish" xalqaro kuni hamda O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash bo'yicha ko'plab ishlar amalga oshirilmoqda. Bugun Bandixon tumanida shu maqsadda “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik” shiori ostida tuman madaniyat bo'limida bayram tadbiri bo'lib o'tdi. Tadbirda tuman hokimi o'rinbosari I.Mamasolayeva, tuman IIB JXX XPB xotin-qizlar masalasi bo'yicha katta inspektori S.Islomova va Inson ijtimoiy markazi Bandixon tuman bo'limi psixologi M.Qudratov tomonidan yig'ilganlarga ushbu kun bo'yicha tegishli tushunchalar berildi. Tadbirdan so'ng "Ota-onam va men, sog'lom baxtli oila" shiori ostida yurish marafoni hamda xotin-qizlar o'rtasida shaxmat va shashka sport musobaqasi o'tkazildi.

Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati

0 izox