|
Obodlik bor joyda fayzu baraka ham bo‘ladi!

Obodlik bor joyda fayzu baraka ham bo‘ladi!

Ko'cha-ko'y va xonadonlarni toza-ozoda, saranjom-sarishta saqlash, turli daraxt va gul ko'chatlari ekib, tevarak atrofni ko'kalamzorlashtirish xalqimizga xos yuksak fazilatdir.

Tabiat musaffoligini asrash, uni kelajak avlodga bekamu ko‘st yetkazish hayotiy vazifamiz sanaladi. Ayniqsa, yosh avlodda ona tabiatga hurmat, uning bebaho ne’matlarini ardoqlash tuyg‘usini oshirish orqali ekologik madaniyatni, tozalikka rioya qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga erishamiz. Bu esa inson salomatligi va uzoq umr ko‘rishida asosiy omildir.

Joriy yilning 10-sentabr kuni erta tongdan Bandixon tumanida tuman hokimi Abdumalik Allamuradov boshchiligida “mahallalar yettiligi”, tashkilot va korxona rahbarlari hamda xodimlari ishtirokida tuman markazini, mahallalar hududini toza-ozoda, saranjom-sarishta saqlash borasidagi ishlar boshlab yuborildi.

0 izox