Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Бандихон тумани ҳокимлиги
108 ёшли онахонга давлат мукофотини топширди

Президентимизнинг жорий йил 25-августдаги “Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 30 йиллиги муносабати билан давлат хизматчилари ҳамда ишлаб чиқариш ва ижтимоий-иқтисодий соҳалар ходимларидан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида”ги фармонига асосан бир гуруҳ ёши улуғ ватандошларимиз “Шуҳрат” медали билан мукофотланди.
Жумладан Бандихон тумани “Бирдамлик” маҳалласида истиқомат қилувчи 108 ёшни қарши олган Зулфин момо ғаппарова ҳам ушбу медал билан тақдирланди.
Сурхондарё вилояти ҳокими Тўра Боболов пиру-бадавлат онахон хонадонида боʻлиб, Президентимизнинг байрам табригини ўқиб, эшиттирди. Давлатимизнинг юксак мукофотини тантанали топширди. Зулфин момо билан дилдан суҳбатлашиб, саломатлиги билан қизиқди.

48152
0

Bandixon tumanida turli sohalarda namunali faoliyat yuritayotgan bir guruh fidoyi insonlar taqdirlandi

Vatanimizda ulkan bunyodkorlik ishlari, turli sohalarda islohotlar, yangilanishlar amalga oshirilmoqda, xalqimizning bunyodkorlik salohiyati, ijodkorlik potentsiali kundan kunga o’zini namoyish etmoqda. Har bir inson qadr topayotgan zamonamizda yashash, yaratish, mehnat qilish, o’sish, yuksalish baxti bizu sizga atalgan ekan, bu imkoniyatlardan foydalanish, g’ayrat va shijoat bilan shiddatli raqobat maydonida davlatimiz ravnaqiga xizmat qilish baxtiga muyassarmiz.
Bugungi kunda Bandixon tumanida turli sohalarda fidoyi insonlarimiz Davlatimiz rivoji va yuksalishi uchun o’zining hissasini qo’shib kelmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021- yil 24- maydagi Farmoniga binoan ta’sis e’tilgan “O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUSTAQILLIGINING 30 YILLIGI” esdalik nishoni bilan tumanda bir guruh fidoyi insonlar taqdirlandi.Taqdirlanganlar orasida Bandixon tuman hokimligi Axborot xizmati xodimi Maratbek Yunusov ham bor.Ushbu esdalik nishoni taqdirlanganlarga bevosita kuch, g’ayrat va shijoat ulashadi.

48143
0

Sodiq xizmatlari uchun

Президент фармонига коʻра, Оʻзбекистон мустақиллигининг 30 йиллиги муносабати билан Бандихон тумани ҳокими Чориев Оʻткир Абдузойирович “Содиқ хизматлари учун” медали билан тақдирланди.

Бандихон туман ҳокимлиги жамоаси Чориев Оʻткир Абдузойировични “Содиқ хизматлари учун” медали билан тақдирланганлиги муносабати билан табриклаб, масʼулиятли ва шарафли ишларида, туманни ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш борасидаги фаолиятига улкан зафарлар тилайди.

48156
0

EʼTIBOR

Bugun Bandixon tuman prokurori S.N.Maxmanov tashabbusi bilan tuman Tibbiyot birlashmasi hamda tegishli tashkilotlar jalb qilingan holda tumandagi uyda yakka tartibda taʼlim olayotgan jami 16 nafar nogironligi boʻlgan ijtimoiy himoyaga muhtoj voyaga yetmagan bolalarning holidan habar olindi.
Unda mutasaddilar tomonidan nogironligi boʻlgan ijtimoiy himoyaga muhtoj voyaga yetmaganlarga oʻquv qurollari va boshqa zarur vositalar berilib, tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi.
Tumanimizda shu kabi tadbirlar davom etmoqda.

48154
0

TARG'IBOT TADBIRLARI AMALDA

Bugun Bandixon tumanida Din ishlari boʻyicha qoʻmita Surxondaryo viloyat boshqarmasining xotin-qizlar bilan ishlash va targʻibot guruhlari faoliyatini tashkil etish boʻyicha yetakchi mutaxassisi X.Sh.Xurramova, viloyat xotin-qizlar boʻyicha targʻibot guruhi rahbari S.Toʻrayeva, tuman hokimining xotin-qizlar masalalari boʻyicha maslahatchisi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻining birinchi oʻrinbosari I.Mamasolayevalar tomonidan tumandagi mahallalarning fidoyi va faol xotin-qizlari oʻrtasida ekstremistik tashkilotlar va mutaasib guruhlar gʻoyalarini aholi orasida tarqalishining olidini olishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturining tegishli bandlarini taʼminlash, Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisidagi qonunning mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida targʻibot tadbiri boʻlib oʻtdi.

48154
0
Барчаси: 147 та
Рўйхатдан ўтиш
2 та фойдаланувчи ҳозир сайтда
Сайтимизнинг янги талқини сизга ёқдими?