Davlatimiz rahbari raisligida joriy yilning 21-oktabr kuni “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan o'tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlari ijrosini ta'minlash maqsadida Bandixon tumanida hamdaraxt ekish ishlari uyushqoqlik bilan amalga oshirilmoqda.
Jumladan bugun Bandixon tuman prokurori Bobur Toshpulatov boshchiligida soha xodimlari ishtirokida daraxt ko’chati ekish ishlari amalga oshirildi.
Yashil makon loyihasiga hissa qo‘shish vatanparvarlik, elparvarlik va donishmandlik namunasi. Unda faol ishtirok etish o‘zini oqil va fozil hisoblagan har bir insonning dolzarb vazifasi hisoblanadi.
Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati
0 izox