Bandixon tumani hokimi Abdumalik Allamuradov tumanning "Obikor" mahallasidagi avtomobillarga yoqilg'i quyish shahobchasi faoliyati bilan tanishdi va ish yurituvchi xodimIga yoqilg'ilarni belgilangan narxdan asossiz oshirmaslik haqida tushuntirishlar berildi.
Keyingi manzil tumanning "Quduqsoy" mahallasida joylashgan "Boysun Keramzit Invest" MCHJ bo'ldi. Ma'lumot uchun, ushbu MCHJning qurilish loyihasi 9 mlrd 570 mln so'mni tashkil etadi. Mazkur ishlab chiqarish zavodida tuproqning asosan ko'kshol turidan xomashyo sifatida foydalaniladi. Shu bois ham 1 ming 300 gradusda tayyorlanadigan keramzit mahsuloti, Respublikamizda eng sifatli va xaridorbop xisoblanadi.
Navbatdagi manzil "Navro'z" hududidagi "Tangmush lochin" fermer xo'jaligi bo'ldi. Fermer xo'jaligi rahbariga g‘alla parvarishidagi agrotexnik tadbirlarni amalga oshirishda fidoyilik bilan shug'ullanishi ta'kidlandi.
0 izox