Davlatimiz rahbari raisligida joriy yilning 7-noyabr kuni qishloq xo‘jaligida suv va energiya manbalaridan oqilona foydalanish hamda yo‘qotishlarni kamaytirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgan edi.
Bugungi kunda suv boshqaruvi isloh qilinib, tumanlarda suvni hisobga olish tizimi shakllandi. Bandixon tumanida ham o'tgan yili ko'plab hududlarda ariqlarni betonlash ishlari amalga oshirildi. Davlatimiz rahbarining videoselektor yig'ilishida bergan topshiriqlari ijrosini ta'minlash maqsadida bugun tuman hokimi A.Allamuradov rahbarligida ishchi guruh tuzilib, betonlanishi zarur bo'lgan kanal va ariqlar o'rganildi. Tuman hokimi tomonidan Obod turmush mahallasidan o'tuvchi uzunligi 4 km bo'lgan ariqni betonlash ishlarini boshlash bo'yicha mas'ullarga topshiriqlar berildi.
Bizni kuzatishda davom eting!
Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati
0 izox