|
Qonunchilikdagi yangiliklar

Qonunchilikdagi yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 169-moddasiga ko‘ra o‘g‘rilik, ya’ni o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish —

bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘g‘rilik:
a) jabrlanuvchining kiyimi, sumkasi yoki boshqa qo‘l yukidagi ashyoga nisbatan (kissavurlik);
b) ancha miqdorda;
v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
g) uy-joy, omborxona yoki boshqa xonaga g‘ayriqonuniy ravishda kirib sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘g‘rilik:
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
b) qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) axborot tizimiga kirib yoki undan foydalanib;
v) ko‘p miqdorda;
g) neft quvurlarida, gaz quvurlarida, neft va gaz mahsulotlari quvurlarida sodir etilgan bo‘lsa, —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘g‘rilik:
a) juda ko‘p miqdorda;
b) o‘ta xavfli retsidivist tomonidan;
v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, —
sakkiz yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

✍️ Bandixon tuman adliya bo‘limi boshlig’i R.Xurramov

0 izox