|
O‘zbekiston Respublikasining 2022 yil 12 apreldagi“To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi O‘RQ-763-sonli Qonuni mazmun-mohiyati

O‘zbekiston Respublikasining 2022 yil 12 apreldagi“To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi O‘RQ-763-sonli Qonuni mazmun-mohiyati

O‘zbekiston Respublikasining “To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi O‘RQ-763-sonli Qonuni 2022 yil 12apreldaqabul qilingan, unga ko‘ra:Ushbu Qonunning maqsadi yuridik va jismoniy shaxslarning, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlarning to‘lovga qobiliyatsizligi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.Ushbu Qonunning amal qilishi davlat muassasalariga va boshqa notijorat tashkilotlariga nisbatan tatbiq etilmaydi, bundan matlubot kooperativi yoki ijtimoiy fond shaklidagi faoliyatni amalga oshirayotgan yuridik shaxslar mustasno.To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
bankrot — sudning qaroriga asosan to‘lovga qobiliyatsiz deb topilgan va o‘ziga nisbatan tugatishga doir ish yuritish yoki mol-mulkini sotish tartib-taomili qo‘llaniladigan qarzdor;
bir turdagi kreditorlar — qarzdorga nisbatan bir xil talablarga ega bo‘lgan va ularni qanoatlantirishda bir-biriga nisbatan imtiyozga ega bo‘lmagan kreditorlar guruhi;
kelishuv bitimi — taraflarning o‘zaro yon berish asosida to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha ish yuritishni tugatish haqidagi bitimi;
kreditorlar — qarzdor pul majburiyatlari bo‘yicha va (yoki) soliqlar hamda yig‘imlar bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarish yuzasidan qaysi yuridik yoki jismoniy shaxslar oldida javobgar bo‘lsa, ayni shu yuridik yoki jismoniy shaxslar, bundan qarzdor qaysi fuqaroning hayotiga yoki sog‘lig‘iga zarar yetkazilganligi uchun javobgar bo‘lsa, ayni shu fuqaro, shuningdek o‘z ishtirokida kelib chiqadigan majburiyatlar bo‘yicha qarzdor yuridik shaxsning muassasalari (ishtirokchilari) mustasno;
kreditorlar yig‘ilishining yoki kreditorlar qo‘mitasining vakili — to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishda ishtirok etishiga kreditorlar yig‘ilishi yoki kreditorlar qo‘mitasi tomonidan vakolat berilgan shaxs;
kuzatuv tartib-taomili — qarzdor yuridik shaxsga nisbatan uning mol-mulki but saqlanishini ta’minlash, qarzdorning moliyaviy ahvoli tahlilini o‘tkazish, kreditorlar talablari reyestrini tuzish va birinchi kreditorlar yig‘ilishini o‘tkazish uchun qarzdorni to‘lovga qobiliyatsiz deb topish to‘g‘risidagi ariza qabul qilingan kundan e’tiboran keyingi to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomiliga qadar sud tomonidan qo‘llaniladigan tartib-taomil;
moratoriy — qarzdor yuridik shaxs tomonidan pul majburiyatlari va (yoki) soliqlar hamda yig‘imlar bo‘yicha majburiyatlar bajarilishini to‘xtatib turish;
pul majburiyati — qarzdorning fuqarolik-huquqiy shartnomasi bo‘yicha, shuningdek boshqa asoslarga ko‘ra kreditorga muayyan pul summasini to‘lash majburiyati;
soliqlar va yig‘imlar — O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga va (yoki) davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lanadigan majburiy to‘lovlar;
soxta to‘lovga qobiliyatsizlik — yuridik va jismoniy shaxs, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorning o‘z majburiyatlarini iqtisodiy jihatdan bajara olishi haqida bila turib, pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlarning talablarini qanoatlantirish va (yoki) soliq hamda yig‘imlar bo‘yicha o‘z majburiyatini to‘liq hajmda bajara olmasligi to‘g‘risida e’lon berishi natijasida kreditorlarga zarar yetkaziladi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha
Bandixon tuman sudining raisi
M.Abdimo‘minov

0 izox