Bugun Bandixon tumani hokimi O'tkir Choriyev rahbarligida hamda tuman mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirokida navbatdagi sayyor qabul ''Navbaxor'' mahallasida bo'lib o'tdi.
Qabul davomida 25 nafarga yaqin fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar tinglanib, ba'zi masalalar shu yerning o'zida o'z yechimini topdi. Jumladan: fuqarolar S.Usmonova va G.Boltayevalar tomonidan parrandachilik bilan shug’ullanish maqsadida Inkubator ajratilishida amaliy yordam so’rab qilgan murojaati joyida ijobiy hal etildi va vaqt va mablag‘ talab qiluvchi murojaatlarning yechimi yuzasidan muddat belgilanib, tegishliligi bo‘yicha mutasaddilarga yo‘naltirildi hamda ijrosi qatʼiy nazoratga olindi.
Qabul yakunida tuman hokimi O'.Choriyev Yoshlar jamg’armasi mablag’i hisobidan subsidiya ajratilib, Sartaroshlik faoliyatini yo’lga qo’ygan Iskandar Abdug’afforovning ish faoliyati bilan tanishdi hamda mahalladagi II-guruh nogironi Amir Eshboliqovning holidan habar oldi va muammosini tingladi.
0 izox