Hozirda yurtboshimiz tomonidan mamlakatimiz aholisi muammolarini o’rganish, mahallabay ishlash tizimi orqali ishlarni aniq va sifatli amalga oshirish bo’yicha ko’plab ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan Bugun Bandixon tumani hokimi O’tkir Choriyev rahbarligida hamda tuman mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirokida tumanning “Saroy” mahallasida navbatdagi fuqarolar qabuli bo’lib o’tdi.
Qabul davomida fuqarolar o’zlarining murojaat, taklif va shikoyatlari bilan tuman hokimiga yuzlanishdi. Fuqarolar asosan elektr energiya, ichimlik suvi, MTT va yangi maktab qurish, ichki yo’llarni ta’mirlash, moddiy yordam masalalari bo’yicha murojaat qilishdi. Murojaatlarning barchasiga joyida tuman mutassaddilari tomonidan aniq javob berildi. Qabul davomida qisqa muddat talab etiladigan murojaatlar tuman hokimi tomonidan nazoratga olindi. Bu kabi tuman hokimining qabuli joylarda davom etadi.
0 izox