Ma’lumki, so‘nggi yillarda mamlakatimizda ko‘kalamzorlashtirish, daraxt va butalarni muhofaza qilish hamda yashil maydonlarni kengaytirish borasida tizimli choralar ko‘rilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 dekabrdagi “Respublikada ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–46-son Farmonida bu borada aniq vazifalar belgilab berilgan.
Unga ko‘ra, yurtimizni ekologik tahdidlarning salbiy ta’siridan himoya qilish maqsadida barcha hududlarda “Yashil makon” umummilliy loyihasi tadbirlari muntazam tashkil etib kelinmoqda.
Ushbu Farmon ijrosini ta’minlash, xususan, “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirishga faol hissa qo‘shish maqsadida kuni kecha Bandixon tumani hokimi O'tkir Choriyev boshchiligida tumandagi mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirokida tumanning "Chinor" mahallasi hududida 100 dan ortiq manzarali va mevali daraxtlar, gul ko‘chatlari ekib, obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirildi.
0 izox