|
Bandixon tumani hokimi O‘.Choriyev tuman aholisi xonadonlarida obodonchilik ishlari bilan tanishdi

Bandixon tumani hokimi O‘.Choriyev tuman aholisi xonadonlarida obodonchilik ishlari bilan tanishdi

Bugungi kunda Bandixon tumanida ijtimoiy soha ob’yektlari, yo‘llarga asfalt yotqizish, elektr energiya tizimini yaxshilash umumiy qilib olganda barcha sohalarda olib borilayotgan ishlar "Inson qadrini ulug‘lash" ga qaratilgan.


Hozirgi vaqtda tumandagi 22 ta mahallalarda ham aholi vakillari tomonidan o‘z xonadonlarida obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Shuningdek tuman markazini ham obonlashtirish e’tibordan chetda emas.
Bugun Bandixon tumani hokimi O‘tkir Choriyev tuman aholisi xonadonlarida bo‘lib, o‘z xonadonlarida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.
Tuman hokimi O‘tkir Choriyev xonadonlarni ko‘zdan kechirar ekan, daraxtlarni oqlash, o‘z ko‘chalarini obodonlashtirish bo‘yicha aholi vakillariga tushuntirishlar berdi.

Bandixon tuman hokimligining MATBUOT XIZMATI

0 izox