Bugun erta tongdan Bandixon tumani hokimi Abdumalik Allamuradov boshchiligida ma'sullar ishtirokida piyoda yurgan holda hududlar o'rganildi. Bugungi kunda Bandixon tumani “Bandixon” mahallasida 4167 nafar fuqaro, 796 ta xonadon mavjud.
Dastlabki manzil “Bandixon” mahallasi “Yangi hayot” qishlog’i bo’ldi. Ushbu hudud ko’zdan kechirilishi davomida mazkur hududda joylashgan “Nurli Bandixon” fermer xo’jaligiga tegishli yer maydonlariga olib boruvchi suv ariqlari qazilmaganligi hamda obodonlashtirilmaganligi tuman hokimining e’tiroziga sabab bo’ldi.
Shuningdek “Bandixon” mahalla fuqarolar yig’ini raisi tomonidan aholi vakillari bilan birgalikda tizimli ishlar tashkil etilmaganligi, hududda obodonlashtirish ishlari ham olib borilmaganligi jiddiy tanqidga sabab bo’ldi va ushbu muammolarni hal etish yuzasidan “Nurli Bandixon” fermer xo’jaligi rahbariga, “Bandixon” mahalla fuqarolar yig’ini raisiga tizimli ishlarni tashil etish bo'yicha muddat belgilanib, hududda obodonlashtirish ishlarini tashkil etish vazifasi berildi.
Tuman hokimi aholi xonadonlarida kichik tadbirkorlik bilan shug’ullanayotgan Tillayev Faxriddin xonadonida bo’lib ushbu xonadonda “Asalarichilik” faoliyati bilan tanishdi. Aholi xonadonlarida mavjud bo’sh tomorqalarga qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ekish tavsiyalari berildi.
Bandixon tumani hokimligi axborot xizmati
? https://t.me/bandixon_axborotxizmati_rahbari
0 izox