Mamlakatimizda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan barcha sohada hayotga tatbiq etilayotgan istiqbolli loyihalar, joylarda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli bunyodkorlik ishlari xalqimizning nafaqat turmush tarzini, balki dunyoqarashini ham tubdan oʻzgartirmoqda.
Bunday ezgu jarayonni madaniyat va sanʼat rivojiga, ijod ahliga koʻrsatilayotgan yuksak eʼtibor misolida ham koʻrish mumkin. Binobarin, davlatimiz rahbari taʼbiri bilan aytganda, mamlakatimizda madaniyat va sanʼat taraqqiy etmasa, jamiyat rivojlanmaydi.
Bugun hududlarni o'rganish davomida Bandixon tumani hokimi Abdumalik Allamuradov tuman Madaniyat bo'limi faoliyati bilan tanishdi. Madaniyat bo'limida bugungi kunda 20 nafar xodim faoliyat olib bormoqda va 10 ta to'garak mavjud.
Tuman hokimi hududlarni o'rganar ekan ushbu tashkilot binosida issiqlik tizimidagi muammolarni zudlik bilan hal etish yuzasidan tegishli ma'sullarga vazifalar berib, ijrosi nazoratga olindi.
Bandixon tuman hokimligining MATBUOT XIZMATI
? https://t.me/bandixon_axborotxizmati_rahbari
0 izox