|
Abdumalik Allamuradov:

Abdumalik Allamuradov: "Oq mozorota" qabristonida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlaritez kunlarda yakunlanadi

Davlatimiz tomonidan milliy qadriyatlarimizni asrash, ajdodlarimiz xotirasini ulug'lash, ularga hurmat- ehtirom ko'rsatish, qabristonlarni, muqaddas ziyoratgoh va qadamjolarni obod qilish boyicha ko'plab ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.


Bugungi kunda aksariyat qabristonlar hududida quruq o't, barg, shox-shabbalar yoqish, qishloq xojaligi ekinlarini ekish va o'stirish, uy hayvonlarini boqish va boshqa shu kabi sanitariya qoidalariga zid holatlar mavjudligini ko'rishimiz mumkin.
Bandixon tumani hokimi hududlarni o'rganar ekan, navbatdagi manzil tumanning "Navro'z" mahallasi hududida joylashgan "Oq mozorota" qabristoni bo'ldi.
Mazkur qabristonda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlariga homiylar hisobidan zarur qurilish materiallari olib kelingan, lekin ishlar yukanlanmasdan chala qolgan. Hududda aniqlangan kamchiliklarni tezkorlik bilan hal etish yuzasidan tuman obodonlashtirish boshqarmasi ma'sullariga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Bandixon tuman hokimligining MATBUOT XIZMATI
? https://t.me/bandixon_axborotxizmati_rahbari 

0 izox