|
Abdumalik Allamuradov:

Abdumalik Allamuradov: "O'zimizdan boshlashimiz kerak"

Bandixon tumani hokimi 1- sektor rahbari Abdumalik Allamuradov tumandagi tashkilot va korxonalar faoliyati bilan tanishar ekan, navbatdagi manzil Davlat xizmatlari markazida xodimlarga yaratilgan shart- sharoitlar, tashkilot binosida obodonlashtirish ishlari bo'ldi.
Tuman hokimi aholi bilan suhbatlashib, sohada ish uslubi bilan tanishdi. "Ish yumushi bilan kelgan fuqarolar sarson bo'lmasligi kerak"- deydi Abdumalik Allamuradov.


Shuningdek bino atroflarida belgilangan tartibda obodonlashtirish ishlari tashkil etilmaganligi tanqidga sabab bo'ldi va hududda obodonlashtirish ishlarini tashkil etish yuzasidan ma'sul rahbarlarga vazifalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Bandixon tuman hokimligining MATBUOT XIZMATI
? https://t.me/bandixon_axborotxizmati_rahbari 

0 izox