O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvar kuni qabul qilingan PF-60—son Farmoni ijrosi yuzasidan Bandixon tuman hokimi Abdumalik Allamuradov tashabbusi bilan kuni kecha Jarqurg'on tumanida joylashgan 32- umumta'lim maktabida o'quv seminar tashkil etildi.
Ushbu seminarda Bandixon tumanidagi barcha umumta'lim maktabi direktorlari hamda aloqador tashkilot rahbar va xodimlari ishtirok etishdi.
O'quv seminaridan ko'zlangan maqsad pedagoglar bilan tajriba almashish, maktab o‘quvchilarini kasb-hunarga o‘qitish va o'sib kelayotgan yosh avlodni ingliz tilida o'qitishning yangi tizimini joriy etish bo‘yicha ishlarni kuzatib borish hamda ta'lim muassasalarida
obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida mevali va manzarali buta ko'chatlarini ekish ishlarini davom ettirish muntazam yo'lga qo'yiladi.
0 izox