|
15-may

15-may "Xalqaro oila" kuni munosabati bilan "Farovon oila sari" g'oyasi asosida "Otam, onam va men" shiori ostida quvnoq startlar sport tadbirlari bo’lib o’tdi.

O’zbekiston Respubliaksi Prezidentining “Oila va xotin qizlarni tizimli qo’llab- quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora- tadbirlari to’g’risida” gi 2022- yil 7- martdagi PF- 87- son farmoniga asosan 15- may “Xalqaro oila kuni” deb belgilangan.

Ushbu farmonning ijrosini ta’minlash maqsadida bugun Bandixon tumani Bolalar va o’smirlar sport maktabida "Farovon oila sari" g'oyasi asosida  "Otam, onam va men" shiori ostida quvnoq startlar sport tadbiri  bo’lib o’tdi.Ushbu tadbir davomida tumandagi barcha mahallalardan sportchi oilalar ishtirok etishdi.

Tadbir yakunida faxrli 1- o’rinni, Saroy mahallasidan Amanov Dilmurod oilasi, 2- o’rinni Gulbog’ mahallasidan Keldiyev Umidullo oilasi, 3 – o’rinni Farovon mahallasidan Allamurodov Abdulla oilasi, 3 – o’rinni Bandixon mahallasidan Mamarapov Elamon oilasi qo’lga kiritib, “Chaqqon oila” namionatsiyasi bo’yicha Obikor mahallasidan Xoliqov Botir oilasi, “Sporchi oila “ naminatsiyasi bo’yicha Birdamlik mahallasidan Jabbarov Shuhrat oilalari taqdirlanib, tuman hokimligi va Oila va xotin qizlar bo’limi tomonidan faxriy yorliqlar va asdalik sovg’alar bilan mukofotlandi.

0 izox