|
Obodonlashtirish xodimlari mehnatining qadriga yeting!

Obodonlashtirish xodimlari mehnatining qadriga yeting!

Bandixon aholisi hali uyg‘onmagan bir paytda, obodonlashtirish xodimlari allaqachon o‘z ishlarini boshlab yuborishga ulgurishadi. Ammo biz har doim ham tozalik jonkuyarlari mehnatini ilg‘amaymiz. Oqlangan daraxtlar, yig‘ib olingan xazonlar, supurilgan yo‘laklar xuddi o‘z-o‘zidan bo‘lib qolayotgandek, doim shunday bo‘lish kerakdek.

Kimlar uchundir suvdan bo‘shagan baklajka, pista po‘chog‘ini yo‘l bo‘yiga tashlab ketishning hech bir g‘ayritabiiy jihati yo‘q. “Chiqindi qutilari kam, har falon metrda bitta qo‘yilgan”, degan e'tiroz ham o‘rinli. Bu ham asta-sekin hal bo‘ladigan masala. Lekin shu arzimas chiqindini sumkaga solib qo‘yish muammo emas, boshqalar mehnatini qadrlash kerak xolos.

?Hurmatli Bandixonliklar tumanimiz tozaligi va orastaligini ta'minlashda o'z hissangizni qo'shing, chiqindini duch kelgan joyga tashlamasliklaringizni so'raymiz!

0 izox