|

"Ayollar daftari" ni shakllantirish bo'yicha bajarilishi lozim bo'lgan ishlar muhokama qilindi.

Bugun Bandixon tuman hokimligida O'zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi mas'ullari, tuman hokimining tegishli o'rinbosarlari hamda aloqador tashkilot rahbarlari ishtirokida "Ayollar daftari" ni shakllantirish bo'yicha bajarilishi lozim bo'lgan ishlar muhokama qilindi. Bunda "Mahalla yettiligi" tomonidan ishlarni taqsimlash, xonadonma-xonadon yurish orqali xotin-qizlar muammolarini o'rganish, shtab tashkil etish va boshqa amalga oshiriladigan ishlar bo'yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.

Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati

0 izox