|
“Ta’lim sifatini oshirish, tizimda amalga oshirilayotgan ishlar to’g’risida” davra suhbati tashkil etildi.

“Ta’lim sifatini oshirish, tizimda amalga oshirilayotgan ishlar to’g’risida” davra suhbati tashkil etildi.

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati, tuman, shahar Kengashlari, deputatlari va senatorlar tomonidan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, deputatlik nazoratini amalga oshirish, aholi muammolarini o’rganish va hal etish borasida qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Jumladan, bugun Bandixon tuman hokimligida senator D.Suvonova, viloyat Kengashi deputati A.Pardayev, tuman kengashi deputatlari hamda tumandagi ta’lim fidoyilari ishtirokida “Ta’lim sifatini oshirish, tizimda amalga oshirilayotgan ishlar to’g’risida” davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatida so’nggi yillarda Bandixon tumanida ta’lim tizimida amalga oshirilgan ishlar e’tirof etildi. Ta’lim sifatini oshirish bo’yicha taklif va mulohazalar tinglandi.

Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati

0 izox