|
1- oktabr

1- oktabr "Ustoz va murabbiylar kuni" Bandixonda keng miqyosda nishonlandi.

Haqiqatdan ham har qanday jamiyatda, o‘zining ko‘z nuri, butun borlig‘ini yosh avlod tarbiyasiga baxsh etadigan o‘qituvchilar va murabbiylar mehnati, shijoati, jasorati yuksakdan yuksak baholarga munosibdir.

Biz xalqimizning eng katta boyligini – millionlab farzandlarimiz, jondan aziz o‘g‘il va qizlarimizning taqdirini bir so‘z bilan aytganda buyuk kelajakni ustoz va murabbiylarga ishonib topshirganmiz.
Va bu vazifani mas’uliyat bilan ado etib kelayotgan fidoyi insonlar, kelajak bunyodkorlariga har qancha tahsin va tasannolar aytsak, arziydi.

Bugun, 1- oktabr "Ustoz va murabbiylar" kuni munosabati bilan tumandagi "Shukrona" tantanalar saroyida o‘qituvchilar va faxriy ustozlar sharaflandi.
Tadbirda Bandixon tumani prokurori B.Toshpulatov, tuman IIB boshlig’i M.Ishkarayev, tuman soliq inspeksiyasi boshlig’i Sh.Jumayev va tuman hokimining o’rinbosari U.Qulmamatovlar ishtirok etib o‘qituvchilarga bayram tabrigini yo‘lladi.

Shundan so‘ng, tumanda mehnat qilayotgan faxriy ustozlar, o‘qituvchilar va murabbiylar tuman hokimligi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi. 
Tadbir davomida tuman Madaniyat bo‘limi estrada xonandalari kuy va qo‘shiqlar ijro etishib, xushkayfiyat ulashishdi.

0 izox