Мазкур жараён уч босқичда амалга оширилади. Биринчиси, тайёргарлик босқичи бўлиб, уч йилга яқин вақт давом этади. Иккинчиси, асосий босқич бўлиб, бунда бевосита аҳолини рўйхатга олиш амалга оширилади, яъни аҳоли тўғрисидаги маълумотлар йиғилади, назорат текшируви ўтказилади ва аҳолини рўйхатга олиш материаллари топширилади. Бу тахминан икки ой муддатни ташкил этади. Сўнгги босқич қарийб уч йил давом этиб, олинган маълумотлар кодлаштириш ёрдамида таҳлил қилиниб, натижалар эълон қилинади.
Рўйхатга олиш жараёнида тўпланадиган статистик маълумотлар ягона электрон ахборотлар тизимига киритилади. Яъни бундан бу ёғига қоғозбозликдан воз кечиб, замонавий технологияларни жорий этишга эътибор қаратилади.
Bandixon tuman hokimligi tashabbusi bilan Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻining birinchi oʻrinbosari Intizor Mamasolayeva boshchiligida Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi bilan hamkorlikda tumandagi xotin-qizlarning ijtimoiy faoligini oshirish, tadbirkorlik harakatini keng quloch yoydirish, tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash, biznes gʻoyalarini samarali amalga oshirishga koʻmaklashish, ayollar tadbirkorligini yanada rivojlantirish maqsadida, “ANOR 2021” koʻrik-tanlovi boʻlib oʻtdi.
Tanlovda nominatsiyalar boʻyicha gʻoliblar aniqlanib, gʻoliblarga tashkilotchilar tomonidan esdalik sovgʻalari topshirildi.
Бугун Бандихон тумани «Бектепа» маҳалласи ҳудудида жойлашган Сув хўжалиги ва мелиорация коллежи биносида туман ҳокими Ўткир Чориев ҳамма мутассадди ташкилот раҳбарлари иштирокида «Фуқоролар қабули» бўлиб ўтди.
Қабул давомида фуқароларнинг кўплаб муаммолари тингланиб, бир қатор мурожаатлар жойида айримлари эса қисқа муддатда ҳал этиладиган бўлди.
Фуқоролардан тушаётган мурожаатларни белгиланган муддатда ҳал этиш бўйича туман ҳокими мутасадди ташкилотлар раҳбарларига тегишли кўрсатма ва топшириқлар берди.
Hozirgi davrda yurtboshimiz tomonidan mamlakatimizda turli sohalarda faoliyat yuritayotgan soha vakillari e'tiborda!
Jumladan mamlakatimiz taraqqiyoti uchun o'z hissasini qo'shib kelayotgan Prokuratura xodimlarining ham o'rni kattadir.
Bugun Yangi Bandixon tumanida tuman Prokuraturasining yangi binosi foydalanishga topshirildi. Bandixon tuman hokimi O'.Choriyev o'z so'zida,
- " Tumanimizda bu kabi yangiliklar, qolaversa xalqimiz uchun xizmat qiladigan mana shunday binolarning ko'pi yaqin vaqt ichida qad roslaydi. Soxa vakillari uchun yaratilayotgan shunday imkoniyatlar zamirida albatta Prezidentimizning mehnati yotadi"- dedi.
Shundan so'ng viloyatimizdan tashrif buyurgan mehmonlar ham Prokuratura xodimlarini mana shunday yangi bino foydalanishga topshirilayotganligi bilan qutladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 sentabrdagi “Keksa avlod vakillarining jamiyatdagi o‘rni va ijtimoiy faolligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan yurtimizda 4-10 oktabr kunlarida“Keksalar haftaligi”ni oʻtkazish belgilandi.
Shu munosabati bilan Bugun Bandixon tuman hokimligi va Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi tashabbusi bilan tumandagi nuroniylar uchun diqqatga sazovor qadamjo va ziyoratgohlarga sayohatlar tashkil etildi.
© Бандихон тумани ҳокимлиги веб-сайтлари 2022