Bugun Bandixon tumani 2- sektor hududidagi 2- umumta'lim maktabida yashil olamni saqlash va ko‘paytirish maqsadida "Yashil makon" umummilliy harakati doirasida e’lon qilingan "Dolzarb 40 kunlik" loyihasida tuman Prokurori S.Maxmanov, tuman hokimi o'rinbosari U.Qulmamatov, tuman XTB mudiri X.Yo'ldoshevlar boshchiligida mevali, manzarali daraxt ko'chatlarini ekish ishlari boshlab yuborildi.
Ezgulikka yoʻgʻrilgan ushbu tadbirdan koʻzlangan asosiy maqsad shahar-u-qishloqlarni koʻkalamzorlashtirish, yashil hududlar maydonini kengaytirish, aholi, xususan, yoshlarni atrof-muhit barqarorligini taʼminlashda faolligi va masʼuliyatini yanada oshirish, mahallalar hududlarini, aholi turar-joylari atrofini bundan-da koʻrkam koʻrinishga keltirishdan iborat.
Surxondaryo viloyatida Qorabayir zotli otlarni ommalashtirish va ot sporti turlarini yanada rivojlantirish maqsadida “Surxondaryo viloyati Qorabayir zotli otlari” shiori ostida sportning uloq-koʻpkari turi boʻyicha bugun Bandixon tumanida Boysunlik, Qiziriqlik va Bandixonlik chavandoz- polvonlar o'rtasida musobaqa bo'lib o'tdi.
Musobaqada g'olib bo'lgan chavandoz- polvonlar Boysun , Qiziriq va Bandixon tuman hokimliklari tomonidan qimmatbaho esdalik sovg'alar bilan taqdirlandi.
17 noyabrdan O'zbekiston hududi orqali Iroq, Suriya, Yaman, Livan, Liviya va Afg'oniston fuqarolari — tranzit yo'lovchilarning Belarus Respublikasi hududiga kirishiga hamda ularga aviachiptalar sotilishiga vaqtinchalik cheklovlar o'rnatildi. Bu haqda Fuqaro aviatsiyasi agentligi matbuot xizmati xabar qildi.
O'zbekistonda ro'yxatdan o'tgan rezident aviakompaniyalar tomonidan mazkur davlatlar fuqarolari — tranzit yo'lovchilarga sotilgan aviachiptalar aniqlangan taqdirda, ushbu yo'lovchilarga chipta puli belgilangan tartibda jarima qo'llamagan holda qaytarilishi lozim.
Mazkur cheklovlar yuqorida sanab o'tilgan davlatlarning diplomatik pasport yoki Belarusь Respublikasida doimiy yashash uchun berilgan yashash guvohnomasiga ega fuqarolariga tadbiq etilmaydi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Istanbul yaqinidagi Demokratiya va erkinlik orolida o'tayotgan Turkiy kengash sammitidagi nutqida Afg'oniston masalasiga to'xtalib o'tdi.
Shavkat Mirziyoyev «Afg'onistondagi hozirgi murakkab vaziyat barchaning e'tibor markazida turganini» aytib o'tdi.
«Ushbu mamlakatning gumanitar inqirozga tushib, xalqaro maydonda yakkalanib qolishiga, uning terrorchilar makoniga aylanishiga yo'l qo'ymaslik nihoyatda dolzarbdir. Afg'onistonning yangi hukumati bilan muloqotlarda yondashuvlarimiz umumiy va yakdil bo'lishi lozim», — dedi O'zbekiston Prezidenti.
Qonunchilik palatasidagi Milliy tiklanish partiyasi fraktsiyasi yig'ilishida «Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste'mol qilinishini cheklash to'g'risida»gi qonuni loyihasi ko'rib chiqildi.
Deputatlar loyihada elektron sigaretalarni ta'qiqlash bo'yicha qat'iy cheklov kiritishni taklif qilishgan.
«Dunyoning 32 mamlakatida elektron sigaretalar cheklangan ekan, nima uchun biz cheklamasligimiz kerak. Mutaxassislar uning genofondga jiddiy ta'sir ko'rsatishini aytmoqda», — dedi Alisher Qodirov.
Uning so'zlariga ko'ra, partiya ham ushbu masalani muntazam ko'tarib kelgan.
«Kim nima desa desin, ushbu qonun loyihasiga elektron sigaretalarni qat'iy taqiqlash bo'yicha cheklov kiritilmas ekan, biz ushbu qonunning qabul qilinishiga qarshi ovoz beraveramiz, — dedi partiya yetakchisi.
Ushbu taklif bir ovozdan qo'llab-quvvatlanib, qonun loyihasi qo'mitaga qaytarilgan.
© Бандихон тумани ҳокимлиги веб-сайтлари 2022