|
Mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) nomzodligiga saylov bo'lib o'tadi

Mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) nomzodligiga saylov bo'lib o'tadi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 16-martdagi Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) sayloviga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisidagi QQ-320-IV-sonli qarorining 1-bandiga asosan fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari)ning navbatdagi saylovini joriy yilning may oyida oʻtkazish belgilangan.
Ushbu qarorning ijrosini taʼminlash maqsadida Bandixon tumanida ham fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va oʻtkazishga koʻmaklashuvchi tuman komissiyasi tarkibi tuzilib, komissiya a'zolari tomonidan tumandagi barcha mahallalarda fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha Ishchi guruhini tuzish yuzasidan fuqarolar bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

0 izox