Qishloq xo’jaligida sug’oriladigan maydonlarining meliorativ holatini yaxshilashning asosiy omillaridan biri bu tekislashdir. Sug’oriladigan yerlarni tekislash qishloq xo’jaligi ekinlarini hosildorligini oshirilishiga, maydonlarni sug’orish vaqtida mehnat sarfi va suvning ko’p isrof bo’lishini oldini olishiga, qator oralariga sifatli ishlov berish va mashina bilan hosilni yig’ishtirib olishni yuqori sifatli bajarishiga sharoit yaratadi.
Ushbu ishlarining amaliy ifodasi sifatida bugun Bandixon tumanida tuman hokimi A.Allamuradov boshchiligida fermer xo'jaliklari rahbarlari, mas'ullar ishtirokida yerni lazerli tekislash bo'yicha amaliy seminar o'tkazildi. "Biz qancha yerga mehr berib ishlasak, agrotexnik tadbirlarni o'z vaqtida amalga oshirsak daromadimiz oshadi, xalqimiz dasturxoni to'kin-sochin bo'ladi" - deydi tuman hokimi Abdumalik Allamuradov.
Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati
0 comment