|
Probatsiya hisobida turuvchi shaxslar bilan uchrashuv o'tkazildi, 3 nafar fuqaro muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindi

Probatsiya hisobida turuvchi shaxslar bilan uchrashuv o'tkazildi, 3 nafar fuqaro muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindi

Bugun tuman IIB binosida tuman Prokurori B.Toshpulatov, Jinoyat ishlari bo'yicha tuman sudi raisi M.Abdumo'minov hamda mas'ullar ishtirokida tumanda probatsiya hisobida turuvchi shaxslar bilan huquqiy uchrashuv-muloqot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad kelgusida qayta jinoyat sodir etilishini oldini olish, nazorat ostidagi shaxslarni huquqiy ongini oshirish va qonunga itoatkorlik hissini oshirishdan iborat. Har qanday inson xatoga yo‘l qo‘yishi mumkin, muhimi uni o‘z vaqtida anglay bilishi, hayotni yangitdan boshlash, huquqbuzarlikka yo‘l qo‘ymaslik zarur. Shu sababli rahbarlar tomonidan nazorat ostidagi shaxslarni qiynayotgan masalalari tinglanib huquqiy tushunchalar berildi.


Shuningdek, uchrashuv yakunida "Ochiq sud majlisi" bo'lib o'tdi. Unda 3 nafar fuqaro O'zbekiston Respublikasi JKning 73- moddasiga asosan o'talmay qolgan muayyan huquqdan mahrum qilish jazosidan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilinib oilasi bag'riga qaytdi.

Bandixon tuman hokimligining MATBUOT XIZMATI
https://t.me/Bandixonthaxborotxizmati 

0 izox