Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam pullari qanday tartibda to‘lanadi yoki to‘xtatiladi?

 Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordamni to‘lash

Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordamni to‘lash:
a) quyidagi hollarda to‘xtatiladi:

  1. qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan tayinlash muddati tugaganda;
  2. ariza beruvchi yoki boshqa muomalaga layoqatli oila a’zosi tomonidan yashash joyi bo‘yicha Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga to‘lov to‘xtatilishini so‘rab ariza taqdim qilinganda;
  3. oila doimiy yashash uchun O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga ko‘chib ketganida;
  4. «Yagona reestr» ATdagi yoki manfaatdor vazirliklar va idoralarning axborot tizimlari bilan idoralararo elektron o‘zaro hamkorlik tizimidagi texnik nosozlik natijasida, ma’lumotlar elektron ravishda to‘liq yoki qisman taqdim etilmaganligi sababli, shuningdek, arizani kiritishda va boshqa texnik xatolar oqibatida noto‘g‘ri tayinlanganligi aniqlangan taqdirda. Ushbu holatda o‘tgan davrda to‘langan mablag‘lar qaytarilmaydi;
  5. bolalar nafaqasi yoki moddiy yordamni tayinlash to‘g‘risidagi qarorga ta’sir ko‘rsatgan ariza beruvchi tomonidan noto‘g‘ri va ishonchsiz ma’lumotlar taqdim etilganligi yoki to‘liq taqdim etilmaganligi aniqlanganda;
  1. b) ortiqcha to‘lovlar aniqlanganda vaqtincha to‘xtatiladi. Bunda to‘lovlar kam ta’minlangan oilaga kelgusi oylarda to‘lanishi lozim bo‘lgan bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam uchun mablag‘lar hisobiga qayta hisob-kitob qilingandan so‘ng qayta amalga oshiriladi;

«Yagona reestr» AT orqali bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam miqdorini va muddatini belgilash jarayonida texnik sabablarga ko‘ra ortiqcha to‘lovlar vujudga kelganda, ushbu ortiqcha to‘lovlar, birinchi navbatda, tegishli bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam oluvchilarga joriy va kelgusi oylar uchun hisoblanadigan bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam mablag‘lari hisobidan qaytariladi.

Qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan tayinlash muddati tugaganligi yoki tugayotganligi sababli ortiqcha to‘lovni qoplash uchun hisoblanadigan bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam summasi etarli bo‘lmagan hollarda:

Mazkur bandda nazarda tutilgan chora-tadbirlar natijasida ortiqcha to‘lov aniqlangan oydan boshlab 12 oy o‘tgandan so‘ng ortiqcha to‘lovlarning qoplanmagan qismi sud tartibida undiriladi.

  1. Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam to‘lash qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ishonchnoma asosida ham amalga oshirilishi mumkin. Bunda bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam pulining uchinchi shaxsga ishonchnoma orqali to‘lanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
  2. Ariza bergan shaxs vafot etgan taqdirda, bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam oilaning muomalaga layoqatli a’zosiga yoki qonuniy vakiliga to‘lanadi. Bunda oilaning muomalaga layoqatli a’zosi yoki qonuniy vakili tegishli arizani va shaxsini tasdiqlovchi hujjatni, mavjud bo‘lganda — vasiylik yoki homiylikni tayinlash to‘g‘risidagi qaror nusxasini AT «Xalq banki»ning tegishli filialiga taqdim etishi orqali tayinlangan bolalar nafaqasi yoki moddiy yordamni olishi mumkin.

Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam to‘lovi oyining 4-sanasidan 27-sanasiga qadar amalga

oshiriladi.

Bandixon tumani Byudjetdan tashqari pensiya jamg'armasi "Ijtimoiy himoya yagona reestri" axborot tizimi orqali davlat ijtimoiy xizmatlari va yordamlarini ko'rsatish sho'basi Yetakchisi mutaxasisi             G'ulom Boyto'rayev