Boʻsh ish oʻrinlari mehnat yarmarkasi tashkil etildi

Bugun Bandixon tuman Aholi bandligiga ko'maklashish markazi hovlisida tuman prokurori S.Maxmanov tashabbusi bilan tuman Majburiy ijro byurosi hamda Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi bilan hamkorlikda “Boʻsh ish oʻrinlari mehnat yarmarkasi” tashkil etildi.
Mazkur yarmarkada 84 ta korxona va tashkilotlar 311 ta turli sohalar boʻyicha boʻsh ish oʻrinlari bilan hamda tumanning barcha mahallalaridan 62 nafar fuqarolar ishtirok etishdi.

Unda 7 nafar ishsizlarga yo’llanmalar berilib, doimiy ish oʻrniga joylashtirildi hamda 55 nafar fuqarolarga maslahatlar berildi.
Tumanimizda bu kabi ishlar davom etmoqda.