“Ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha eng faol targ‘ibotchi” Respublika tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o'tdi.

Bugun Bandixon tuman 7-sonli AFCHO‘IMda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Bandixon tuman bo‘linmasi tashabbusi bilan tuman Xalq ta'limi bo‘limi hamda Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limlari bilan hamkorlikda “Ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha eng faol targ‘ibotchi” Respublika ko‘rik tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi.

Tanlovda tumandagi barcha umumta’lim maktablarining ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targʻibotchilari ishtirok etishdi. Tanlov davomida ishtirokchilarning ijodiy ishlari ko‘rib chiqildi va baholandi. Tanlov so‘ngida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilarga tuman Ma‘naviyat va ma’rifat bo‘linmasining tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi va viloyat bosqichiga yo‘llanma berildi.