Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Bandixon tumani hokimligi
YOSHLAR E'TIBORIMIZDA!

Hozirgi vaqtda mamlakatimizni yoshlarsiz tasavvur eta olmaymiz.Yurtimizda har bir sohada yoshlarimizning o'rni beqiyos.
Bugun Bandixon tumanidagi 12- umumta'lim maktabining faollar zalida tuman Barkamol avlod bolalar maktabining "Folklor" to'garagi rahbari Oybahor Almanova boshchiligida milliy urf - odat va qadriyatlarimizni asrash maqsadida Yurtboshimiz ilgari surgan Besh muhim tashabbus doirasida manaviy- ma'rifiy tadbir dasturi bo'lib o'tdi.
Mana shunday tadbirlar tashkil etilishidan asosiy maqsad, qadimdan avlodlarimizdan qolib kelayotgan o'zbek milliy urf- odatlarimizni asrash, yoshlarimizni ma'naviy savodxonligini oshirish, iqtidorli yoshlarni qo'llab- quvvatlab ularning ijodlarini yuzaga chiqarishdan iboratdir.Tadbir so'ngida faol ishtirokchilarga tuman hokimligi tomonidan diplom va esdalik sovg'alar ulashildi.
Bu kabi ma'naviy tadbirlar tumanimizda davom etmoqda!

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
1 ta foydalanuvchi hozir saytda
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?