Bugungi kunda mamlakatimizda fuqarolar muammolarini o'rganish va uni hal etish eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Joriy yilning 2-avgust sanasida tuman hokimi, 1-sektor rahbari Abdumalik Allamuradovning sektor hududidagi Birdamlik mahallasida joylashgan 10-sonli umumta'lim maktabida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Bandixon tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri X.Xolmurodovlar hamda tegishli mas'ul tashkilotlar ishtirokida navbatdagi "Sayyor qabuli" bo'lib o'tdi.
Bugungi qabul davomida fuqarolar asosan ichki yo'llarni toshlash, elektr energiya, ichimlik suvi, davolanish uchun order olish hamda boshqa masalalarda tuman hokimiga murojaat qilishdi. Qabulda jami 60 nafarga yaqin fuqarolar qatnashib, 12 ta fuqarolardan 18 ta murojaat kelib tushgan bo‘lsa, shundan 7 ta murojaat joyida ijobiy hal etildi. Qolgan 11 ta murojaatlar yechimi tuman hokimi tomonidan nazoratga olinib, ma’lum vaqt talab etadigan masalalar aniq ijro muddati bilan mas’ullarga yo‘naltirildi hamda batafsil o‘rganib chiqish va hal etish bo‘yicha vazifalar yuklatildi.
0 izox