|
O‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi

O‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 1-avgust sanasida Bandixon tumanida “Mahalla yettiligi” a’zolarining mahalladagi faoliyatini samarali tashkil etishga oid bilim va ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha tumanning Bektepa mahallasida joylashgan 17-sonli musiqa va san’at maktabida o‘quv-amaliy seminar tashkil qilindi.

Seminar davomida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-son Farmoni hamda 2023-yil 21-dekabrdagi PQ-402-son qarorining mazmun-mohiyati hamda ularda belgilangan topshiriqlarni amalga oshirish mexanizmlarini ijrochilarga sifatli yetkazish bo‘yicha tushunchalar berildi.

Seminarda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tizimi xodimlarining malakasini oshirish va mahallalarni metodik ta’minlash o‘quv-uslubiy markaz direktori Xurshid Ochilov ishtirok etdi.

 

0 izox