Davlatimiz rahbari huzurida joriy yil 11-sentabr kuni mahallalarda kambag‘allikni qisqartirish, kambag‘al oilalar bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida kambag‘allikni qisqartirish umummilliy harakatga aylanishi belgilanib, barcha darajadagi mas’ullarga vazifalar belgilab berildi.
Bandixon tumanida mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “Ijtimoiy himoya yagona reestri”dagi 940 oila 118 dan ortiq mutasaddilarga biriktirildi.
Joriy yilning 14-sentabr kuni tuman hokimi Abdumalik Allamuradov rahbarligida “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturiga muvofiq aholini qo‘llab-quvvatlash choralari bo‘yicha amalga oshirilayotgan vazifalar ijrosi muhokama qilindi.
Muhokama yakunida barcha rahbarlar o‘zlariga biriktirilgan oilalar bilan ishlashni asosiy vazifasi deb bilib, ishlarni tizimli va sifatli tashkil etishi lozimligi ta’kidlanib, mutasaddilarga aniq muddatlar bilan vazifalar topshirildi.
0 izox