Joriy yilning 6-sentabr kuni mustaqilligimizning 33 ylilligi bayramiga yana bir tuhfa sifatida Bandixon tumani markazida salobatli ko'rinishga ega, zamonaviy tarzda qurilgan "Fayz" savdo markazi foydalanishga topshirildi.
Tadbirkor Qo'shoqov Sherzod tomonidan qariyb 1,6 mlrd. so'm evaziga bunyod etilgan obyektda erkaklar kiyim-kechak do'koni, tilla buyumlar do'koni va mebellar do'konlari ish faoilayatini boshladi.
Savdo markazining ochilishida tuman hokimi Abdumalik Allamuradov, nuroniylar va keng jamoatchilk vakillari ishtirok etishdi. Savdo markazining faoliyati bilan tanishilib, tadbirkorga kelgusida tuman obodligi yo'lida bor imoniyatini ishga solishi zarurligi ta'kidlandi.
0 izox