Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Bandixon tumani hokimligi
Bugun “Fidoiy yoshlar yetakchisi” Respublika ko’rik- tanlovining Bandixon tuman bosqichi bo’lib o’tdi

Maxallalardagi yoshlarga oid davlat siyosatini samarali tashkil etish, yoshlar yetakchilarining ma'naviy saviyasi va bilimini oshirish orqali mahallalardagi ijtimoiy ma'naviy muhit rivojiga hissa qo'shish, yoshlarda Vatanga muhabbat,

xalqimizga sadoqat tuyg'ularini tarbiyalashni qo'llab- quvvatlash hamda bu boradagi yetakchilar ish tajribasini ommalashtirish hamda ularning mehnatini munosib rag'batlantirish maqsadida Bugun tumandagi 17- sonli Bolalar musiqa va sa'nat maktabi "Faollar zalida" Yoshlar ishlari agentligi tuman bo'limi hamda Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo'limi hamkorligida

“Fidoiy yoshlar yetakchisi” Respublika ko’rik- tanlovining Bandixon tuman bosqichi bo’lib o’tdi.
Tanlov davomida tumandagi 22 ta mahallalardagi Yoshlar yetakchilari 4 ta shart bo'yicha bahs olib borishdi.

Tadbir yakuni bo'yicha:
66 ball bilan, 1-o‘rinni Quduqsoy MFY yoshlar yetakchisi Jalilov Almurod,
62 ball bilan, 2- o‘rinni Obod turmush MFY yoshlar yetakchisi Shaydulov O‘rol hamda
58 ball bilan, 3-o‘rinni Bektepa MFY yoshlar yetakchisi Xayitmurodov Dilbek egalladi.


G'olib deb topilgan yoshlar yetakchilari hamda tumandagi barcha MFY yoshlar yetakchilari Yoshlar ishlari agentligi tuman bo'limi hamda Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo'limi tomonidan kitoblar jamlanmasi va diplom bilan taqdirlanishdi.

 

Bandixon tuman hokimligi Axborot xizmati rahbari,

hokimning axborot siyosati masalalari bo'yicha maslahatchisi

Maratbek Yunusov

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
4 ta foydalanuvchi hozir saytda
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?