Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Bandixon tumani hokimligi
Koronavirusga qarshi buster doza bilan emlashga ruxsat berildi

Bu haqda Innovatsiya vazirligiga qarashli Vaksina.uz Telegram-kanali xabar bermoqda.Bosh davlat sanitariya vrachining ko'rsatma xatiga muvofiq O'zbekiston aholisi o'rtasida koronavirus infektsiyasiga qarshi immunitetni oshirish maqsadida 17 noyabr kunidan boshlab to'liq vaktsina kursini olgan fuqarolar (2 yoki 3 marotaba emlanganlar) buster doza bilan ixtiyoriy emlanadi.O'zbekistonda 1 apreldan boshlab koronavirusga qarshi ommaviy emlash ishlari olib borilmoqda.Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati «Gazeta.uz»ga ma'lum qilishicha, buster (qo'shimcha) dozani koronavirusga qarshi to'liq vaktsinatsiya kursini o'taganlar oxirgi dozadan 6 oy o'tgach olishi mumkin.

Buster doza emlanuvchi shaxsning xohishiga binoan istalgan mavjud vaktsina bilan amalga oshiriladi.Barcha poliklinikalar va emlash punktlari qo'shimcha emlash to'g'risida xabardor qilingan bo'lib, hozirda qo'shimcha dozani olish mumkin.Vazirlikning aniqlik kiritishicha, O'zbekistonda hozirda faqat qo'shimcha dozaga ruxsat berilgan, revaktsinatsiyaga emas.

Buster dozasi olinganligi to'g'risidagi ma'lumotlar emlash.uz orqali sertifikatlar bazasiga kiritiladi hamda emlanganlik to'g'risidagi sertifikatda olingan qo'shimcha doza haqida ma'lumotlar paydo bo'ladi.

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
1 ta foydalanuvchi hozir saytda
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?