Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Bandixon tumani hokimligi
Iroq, Suriya, Yaman, Livan, Liviya va Afg'oniston fuqarolarining O'zbekiston orqali Belarusga uchishi vaqtincha cheklandi

17 noyabrdan O'zbekiston hududi orqali Iroq, Suriya, Yaman, Livan, Liviya va Afg'oniston fuqarolari — tranzit yo'lovchilarning Belarus Respublikasi hududiga kirishiga hamda ularga aviachiptalar sotilishiga vaqtinchalik cheklovlar o'rnatildi. Bu haqda Fuqaro aviatsiyasi agentligi matbuot xizmati xabar qildi.

 

O'zbekistonda ro'yxatdan o'tgan rezident aviakompaniyalar tomonidan mazkur davlatlar fuqarolari — tranzit yo'lovchilarga sotilgan aviachiptalar aniqlangan taqdirda, ushbu yo'lovchilarga chipta puli belgilangan tartibda jarima qo'llamagan holda qaytarilishi lozim.

 

Mazkur cheklovlar yuqorida sanab o'tilgan davlatlarning diplomatik pasport yoki Belarusь Respublikasida doimiy yashash uchun berilgan yashash guvohnomasiga ega fuqarolariga tadbiq etilmaydi.

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
2 ta foydalanuvchi hozir saytda
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?