|
Ko‘prik — yo‘llarni bog‘lovchi, uzoqni yaqin, mushkulni oson, bordi-keldi va rishtalarni mustahkamlovchi vositadir.

Ko‘prik — yo‘llarni bog‘lovchi, uzoqni yaqin, mushkulni oson, bordi-keldi va rishtalarni mustahkamlovchi vositadir.

Qadimdan xalqimiz ariqlar qazib, yo‘llar ochib, ko‘priklar qurib, o‘zlari uchun qulaylik yaratishgani, ulkan bunyodkorlik ishlarini amalga oshirib kelgani haqida to‘lqinlanib so‘zlaymiz.

Bugun Bandixon tumani hududidan oʻtuvchi davlat ahamiyatidagi 4R-100 “Manguzar-Jarqoʻrqoʻrgʻon-Bandixon-Oltinsoy-Denov” avtomobil yoʻlining 101 km qismida joylashgan ko’prikni qayta rekonstruksiya qilish ishlari boshlab yuborildi. Barcha maxsus texnikalar jalb qilindi.

Tuman hokimi Abdumalik Allamuradov tomonidan ko’prikda amalga oshirilayotgan demontaj ishlari joyiga borgan holda o’rganilib, mas’ullarga ushbu joyda harakat xavsizligini ta’minlagan holda ishlarni sifatli qilib bajarishlari bo’yicha topshiriqlar berildi.

Bizni kuzatib borishda davom eting!

Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati

0 izox