Mamlakatimizda yashil maydonlarni kengaytirish maqsadida boshlangan mazkur ezgu loyiha doirasida har yili daraxt ekishdek savobli ishlarda barchamizdan faollik, yakdillik talab etiladi.
Davlatimiz rahbari raisligida joriy yilning 21-oktabr kuni “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan o'tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlari ijrosini ta'minlash maqsadida bugun Bandixon tuman hokimi Abdumalik Allamuradov boshchiligida tumanda daraxt ekish ishlari uyushqoqlik bilan boshlab yuborildi.
Yashil makon loyihasiga hissa qo‘shish vatanparvarlik, elparvarlik va donishmandlik namunasi. Unda faol ishtirok etish o‘zini oqil va fozil hisoblagan har bir insonning dolzarb vazifasi hisoblanadi.
Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati
0 izox