Davlat rahbarining 153-sonli Qaroriga muvofiq ishsiz yoshlarga ajratilgan 50 sotixli yer maydonidan bir yilda 2-3 martagacha hosil olish mumkin.
Bandixon tumani "Qaldirg'och" mahallasida ham ushbu qaror asosida 20 nafar yoshga 50 sotixdan unumdor yerlar ajratilgan bo’lib, yoshlar tomonidan bu yerlarga makka jo‘xori, tosh karam , gul karam , brokli , yeryong‘oq kabi sabzavot va poliz ekinlari ekilgan. Mahalla yoshlarining mehnatsevarligi, yerga bergan mehri sabab bugun ekinlar hosilga kirish arafasida. Ushbu yer maydonidan yaxshi hosil olishni maqsad qilgan Shamanova Muslima Xasan qizi boshqa yoshlar qatori berilgan imkoniyatlardan unumli foydalanmoqda.
0 izox