Joriy yilning 11-aentabr sanasida tumanimizdagi uchastka saylov komissiyasi raisi, rais o‘rinbosari va kotibligiga nomzodlarning malakasini oshirishga qaratilgan o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tdi.
Mashg‘ulotlar hududiy trenerlar tomonidan tuman, saylov uchastkalari uchun mo‘ljallangan binolarda interaktiv usullarda – ma’ruza, simulyatsiya, saylov jarayonlarini modellashtirish, video-dars, videorolik, saylovga oid savol-javoblar, test shaklida o‘tkazildi.
Mashg‘ulotlarda aralash saylov tizimi, saylov komissiyalari faoliyatining asosiy jihatlari, saylovchilar ro‘yxati bilan ishlash, binolarni jihozlash, muddatidan oldin ovoz berishni tashkil etish, ovozlarni sanab chiqish va natijalarni belgilash kabi mavzular qamrab olingan.
Mashg‘ulotlarda tumanimiz bo‘yicha mavjud 31 ta saylov uchastkasining jami 93 nafar saylov komissiyasi raisi, rais o‘rinbosari va kotibligiga nomzodlar o‘qitildi.
0 izox