Joriy yilning 11-sentabr kuni erta tongdan Bandixon tumanida tuman hokimi Abdumalik Allamuradov boshchiligida “mahallalar yettiligi”, tashkilot va korxona rahbarlari hamda xodimlari, sohaning jonkuyarlari ishtirokida tuman markazini, mahallalar hududini toza-ozoda, saranjom-sarishta saqlash borasidagi ishlar boshlab yuborildi.
O‘zining mashaqqatli mehnati bilan tumanimiz obodligi va ko‘rkamligini ta’minlayotgan soha ishchi-xodimlariga o‘z minnatdorchiligimizni bildirgan holda fuqarolarimizdan qilingan mehnat qadriga yetib, o‘z yashash hududi hamda ko‘chalarini obod saqlashga chaqirib qolamiz.
0 izox