Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Бандихон тумани ҳокимлиги
XALQ DEPUTATLARI BANDIXON TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI

2021 yil 11 oktabr kuni Bandixon tumani hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining XXXIV sessiyasi bo’lib o’tdi.
Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining XXXIV sessiyasi kun tartibiga quyidagi masalalar kiritildi.
Bandixon tumani mahalliy byudjetining 2021 yil II-chorak yakuniga ko‘ra daromadlar rejasining oshirib bajarilgan qismi hisobidan mablag‘ ajratish, Bandixon tumani hokimining sessiyalar oralig‘ida qabul qilingan “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisobotidan mablag‘ ajratish haqidagi farmoyishini tasdiqlash va “Mahalla – besh tashabbus beshigi” Bandixon tumani ko‘rik-tanlovi g‘oliblarini tanlab olish va tavsiya etish to‘g‘risidagi masalalar deputatlar tomonidan tasdiqlandi.

Изоҳ қолдириш

Рўйхатдан ўтиш
1 та фойдаланувчи ҳозир сайтда
Сайтимизнинг янги талқини сизга ёқдими?