Har qanday davlatning bosh qonuni Konstitutsiya hisoblanadi.
Mamlakatimiz Bosh Qomusida jamiyat va davlat, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tuzilishi hamda faoliyatining asosiy prinsiplari, ularning vakolatlari, fuqarolarning asosiy huquq va burchlari, jamiyat va shaxs o‘rtasidagi munosabatlari belgilab berilgan. Amaldagi barcha qonunlar va boshqa hujjatlar Konstitutsiya negizida va unga muvofiq tarzda qabul qilinadi.
Bugungi kunda Konstitutsiyamiz mamlakatimizda huquqiy-demokratik davlat qurish va erkin fuqarolik jamiyatini barpo etishning huquqiy poydevori bo‘lib xizmat qilmoqda.
Bugun tumandagi 17- sonli bolalar san'at va musiqa maktabida "8- dekabr Davlatimiz Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29- yilligi" munosabati bilan ma'naviy- ma'rifiy konsert dasturi bo'lib o'tdi.

Bandixon tumani hokimi O'tkir Choriyev Konstitutsiyamizning 29- yillik bayrami bilan barcha bandixonlik fuqarolarni hamda butun O'zbekiston ahlini tantanali ravishda tabrikladi.


Mazkur tadbirda tuman hokimi boshchiligida sektor rahbarlari, tumandagi yoshlar, pedagoglar ishtirok etishdi.

Tumandagi yoshlar tomonidan badiiy chiqishlar tomoshabinlar e'tiboriga taqdim etildi.


BANDIXON TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI